Keça, 26 dekabr kuni Özbekiston musulmonlari idorasida haj va umra safarlari böyiça Saudiya Arabistonidagi hamkor “al-Hidoya” şirkati rahbari Şayx Solih Solim Bahvayniy bilan uçraşuv bölib ötdi. Mehmonni Din işlari böyiça qömita raisi Ortiqbek Yusupov va Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari kutib olişdi. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar bermoqda. 

Muftiy hazratlari uçraşuv avvalida söz olib, “al-Hidoya” şirkati bilan köp yillardan buyon hamkorlik qilib kelinayotgani, haj va umra safarlari muvaffaqiyatli ötayotganini bildirdilar. Şuningdek, kelgusi haj va umra safarlarida ziyoratçilarga xizmat körsatişni yuqori darajaga kötariş, mehmonxona, transport xizmati va taomlar sifatini yanada yaxşilaş, Mino va Muzdalifa vodiylarida yetarli joy ajratişga erişiş hamda işçi, oşpazlar va tibbiyot guruhlarini barça zarur şart-şaroitlar bilan ta'minlaş kabi masalalarni alohida qayd etdilar.

Muloqotda Ortiqbek Yusupov haj va umra mavsumlarida Madina şahrida ham yangi mehmonxonani oliş, umumiy ovqatlaniş joyi bölişiga e'tibor qiliş, işçi va tibbiyot guruhlariga alohida xizmat xonalari ajratiş kabi masalalarni hal etiş zarurligini ta'kidladi.

Foto: muslim.uz

Hamkor “al-Hidoya” şirkati rahbari Şayx Solih Solim Bahvayniy özbekistonlik haj va umra ziyoratçilariga xizmat qiliş şaraf ekani, şu kunga qadar bu borada katta yutuqlarga erişib kelinayotgani, natijada, ziyoratçilarga hamkor emas, balki bir oiladek xizmat qilinayotganini bildirdi. Solih Bahvayniy sözida davom etib, yuqorida qayd etilgan barça masalalar va talablarni bajarişga imkoni borligini bildirib, işonçni töla oqlaş uçun bor kuç-quvvatini işga solişini ta'kidladi. U sözining yakunida özaro işonçli hamkorlik uçun minnatdorlik izhor qildi.

Foto: muslim.uz

Uçraşuv yakunida tomonlar “Umra–2018” mavsumi böyiça şartnoma imzoladilar. Unga köra, bahor mavsumida 8500 nafar, ramazon mavsumida 1500 nafar yurtdoşimiz umra ziyoratini ado etişi belgilangan. "Umra – 2018" bahor mavsumi 2018 yil 1 fevraldan boşlanişini rejalaştirilgan.