KUN.UZ tahririyatiga kelgan murojaatlar asosida turli maqolalar tayyorlab, sayt orqali berib borilmoqda. Murojaatlar köpligi bois, ular, asosan, mavzuga qarab, jamlab çiqariladi. Ammo şunday maktublar bor-ki, hajmi kiçik bölsa-da, zamirida olam-olam dard yotadi. Ana şunday maktublardan biri e'tiborimizni tortdi. Jumladan, unda şunday deyiladi:
“Assalomu alaykum KUN.UZ’ning hurmatli xodimlari va uşbu saytni doimiy kuzatib boruvçi öquvçilari. Bu mening ikkinçi maktubim. Bilasizmi, KUN.UZ saytining 20 dekabrdan vodiyda elektr energiyasi yaxşilanarkan, degan mazmundagi maqolasi çiqqanidan söng, men va qişloqdoşlarim 20 dekabrni "qorbobo"ni kutgan yoş boladek kutdik. Afsuski, natija çiqmadi.
Lekin 22-sanadan boşlab mutlaqo özgardi, çiroq öçmadi. Odamlarning közida quvonç, barça xursand... Keksalarimiz tinimsiz duoda. Oradan 5 kun ötib esa... Eski hammom, eski tos. Bayram tugadimi yoki bu şunçaki közböyamaçilikmidi?.. Nahotki biz qişloqdagilar yoruğda ötirişga loyiq emasmiz? Axir bizning ham pasportimizga Özbekiston fuqarosi deb yozilgan-ku... Elektr energiyasini berişayotgan bölsa, tuman mutasaddilarining çöntagidan ketmayotgandir. Farğona viloyati, Buvayda tumani, “Poşşopirim” MFY. Ismim sir bölib qolişini istardim”.
Bunga nima deb izoh berişga hayronsiz. Xalq unday deydi, korxona bunday deydi... Kimga işoniş kerak? Xalq va mutasaddilar örtasida qaçon şaffof köprik örnatiladi? Odamlarni xabardor etiş, bor gapdan voqif etiş şunçalik qiyin narsami? Xalq kutayapti, xalq endi işonişni boşlayapti. Bu işonçni oqlaş, bu murojaatlarga munosib javob qaytariş vaqti bölmadimi?











