2002 yilda namoyiş qilingan "Brigada" seriali Rossiya televideniyesida öçmas iz qoldirgan, muxlislar 90-yillardagi banditça voqealar şodasidan iborat serialni hanuz yuzda tabassum bilan eslaşadi.
Uyuşgan jinoiy guruhning tört nafar iştirokçisi öz zamonasining eng maşhur qahramonlariga aylandi. "Gigant saga" aktyorlari bugun nimalar bilan band ekani qiziq bölsa, quyida taqdim etiluvçi ma'lumotlar siz uçun.

Sergey Bezrukov
43 yoşda
Bezrukovning karerasi teatr sahnasidan boşlangan. 90-yillarda u "Revizor", "Aql bovar qilmas kun yoki Figaroning uylanişi" kabi qator spektakllarda rol öynagan.
Bu vaqtga kelib Bezrukov maşhur yoş teatr aktyori bölgan, biroq haqiqiy yulduzlik onlari uni oldinda televideniyeda kutayotgandi. 2002 yilda "Brigada" seriali ekranlarga çiqdi va unda Sergey Bezrukov gangster "Saşa Belyy" rolida namoyon böldi.
Aktyor öz qahramonini hurmat qilgan. "Mening barça qahramonlarim - ijobiy, jumladan "Saşa Belyy" ham, - degan Bezrukov intervyulardan birida. - Uning nimasi yomon? U banditlar olamida axloqiy qonunlarini tarğib qiladi".
"Agar ulğayib kelayotgan avlodning barça vakillari u kabi kuçli va dadil bölganda edi, juda yaxşi bölardi", - deydi u.
Keyinroq, bandit obrazidan xalos böliş maqsadida Bezrukov Yesenin va Puşkin rollarini, hatto "Uçastok" serialida militsioner rolini ham ijro qildi.
2015 yilning bahorida 15 yil birga yaşagan birinçi turmuş örtoği Irina bilan ajraşdi. Ajrimdan söng Bezrukov rejissyor Anna Matisonga uylandi. Hozirda juftlikning 1 yoşli qizi bor (birinçi oilasidan farzandi yöq).

Dmitriy Dyujyev
38 yoş
"Kosmos" roli Dyujyevning kinodagi oltinçi işi böldi. Biroq bu uning birinçi boş roli edi. Dyujyev banditlar mavzusini Aleksey Balabanovning "Jmurki" filmida ham davom ettirdi, "Qat'iy rejim ta'tillari" komediyasida esa Bezrukov va Dyujyev qamoqxonadan qoçgan "zek"lar rolini öynab, özlarining gangsterlik amplualari ustidan kulişgan.














