Prezident tomonidan joriy yilning 29 may kuni “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmon bejiz qabul qilinmadi. Boisi, keyingi paytlarda tabiiy gazdan foydalaniş va uning tölovini öz vaqtida amalga oşiriş haqida söz yuritilganda, “keçagina tölab kelgan edik, yana falon million söm qarzimiz qayerdan kelib qoldi ekan,” yoki “gaz idorasi nazoratçisiga tölagan edik, qölimizda kvitansiya turibdi, biroq bu pullarimiz kompyuterga tuşmabdi,” degan gaplar tez-tez quloqqa çalinadigan böldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Mavjud qarzdorlikni gaz hisoblagiçdan öçirib beriş evaziga tamagirlik qilayotgan “nazoratçilar”ning qilmişlari oqibati emasmikin bular.

Şohruh Rajabov (ism-familiyalar özgartirilgan) “Ğarbgazta'minot” unitar korxonasi “Buxorotumangaz” “Çorbakr” hududiy ekspluatatsiya brigadasida gaz maromlaş punktlarini körikdan ötkazuvçi çilangar lavozimida işlab kelib, filial abonent xizmati avtomatlaştirilgan boşqaruv tizimi texnigi Şerali Hayotov bilan jinoiy til biriktiradi.

-  Şohruh aytgan odam men bölaman, - dedi ançadan buyon “hojatbaror” gaz idorasi xodimi Ş.Hayotovni kutib turgan ayol. – Şohruh iltimos qilib yubordi, yordam bersangiz yaxşi bölardi. Hisoblagiç 3 million 200 ming söm yozgan. Qança bersam, “nol” qilib berasiz?

-  Özingiz bilasiz, hozir bu işni qiliş juda qiyin. Şunday bölsa-da, işonçli odam bölganingiz uçun 2 million 500 ming söm berasiz...

-  Mana, hozirça bori 900 ming söm. Qolganini yangi yildan keyin berarman...

Va'daga muvofiq, ötgan yilning 5 yanvar kuni keçki payt Buxoro tibbiyot instituti oldida iste'molçi G.Nuraliyeva va Ş.Rajabov uçraşişdi. Ayol qolgan 1 million 600 ming sömni berib, Şohruhdan tabiiy gaz tölovidan qarzi yöqligi haqidagi ma'lumotnomani oldi. Aslida uşbu ma'lumotnoma soxta ekanligini G.Nuraliyeva xayoliga ham keltirmagan edi.

Ş.Rajabov esa uşbu soxta ma'lumotnomani iste'molçiga ötkazib ketolmadi. U huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimlari tomonidan qölga olindi. Tergov jarayonida jinoiy  şerigining qilmişlari ham foş etildi.

Odil sud Ş.Rajabov hamda Ş.Hayotovga qilmişiga yaraşa jazo tayinladi.