Tarixda millat yetakçilarining ta'sirli nutqlari butun davlat va jamiyatlarning hayotini tubdan özgartirganidan xabardormiz. Bu Periklning Afina ahlining sifatlari töğrisidagi nutqi, imperator Petrning Poltava jangi arafasidagi nutqi yoki Avraam Linkolnning Gettisberg nutqi – ularning barçasi xalqlar tarixida yangi sahifani oçişga muvaffaq bölgan. Jon Kennedining qasamyod nutqi noyob effekt hosil qilib, Amerikani özgartirgan. Uinston Çerçillning “Biz kuraşamiz” nomli nutqi zamondoşining fikriga köra “ming qurolga va ming yillik nutqqa” tengdir.

Buyuk notiqning ma'ruzasi uç muhim jihat bilan farq qiladi. Bular uslub, mazmun va özining maqsadli auditoriyasiga ötkazgan ta'siridir. Atoqli tarixiy nutqlar oliyjanob qadriyatlarga tayangan holda kelajak hissiyotini ifodalaydi va millat oldida turgan vazifalarni bajariş uçun butun davlat va jamiyat kuçini safarbar etişga da'vat etadi. Pirovardida esa bunday nutqlar millat ongining ajralmas qismi sifatida xotirada saqlanib qoladi. 

“Mamlakat holati” töğrisida murojaatnoma

Hozirda dunyoning yetuk mamlakatlarida davlat rahbarining xalq noiblariga taqdim qiladigan yillik murojaatnomasi amaliyoti mavjud. Misol uçun, AQŞ Prezidenti har yili mamlakat Kongressi oldida “Ittifoqdagi holat” («State of the Union») yuzasidan an'anaviy murojaatnoma bilan çiqadi. Bu siyosiy an'ana 1790 yilga borib taqaladi. Unda birinçi prezident Jorj Vaşington ilk bor Kongressga murojaat qilgan.

Rossiya Federatsiyasining prezidenti Federal Majlisga mamlakatdagi holat, içki va taşqi siyosatning ustuvor yönalişlari töğrisida har yili murojaatnoma taqdim etadi.

2010 yildan beri bunday siyosiy an'ana Yevropa Ittifoqida ham amalga oşirilib kelmoqda. Har yili Yevropa Komissiyasi raisi Yevropa parlamenti vakillari oldida Yevropa Ittifoqidagi holat yuzasidan hisobot beradi.

Özbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi

Mamlakatimiz tarixida ilk bor bu yil yurtboşimiz jonli efirda Oliy Majlisga “Murojaatnoma” taqdim qildi. Şu bilan Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat amaliyotimizda yana bir innovatsiyani joriy qildi. 

Avvalambor, men uçun bu murojaatnoma «dasturiy» bölib, mamlakatdagi holatga xolisona baho bergan. Prezident faktlarni aniq va konkret, qat'iy va adolatli, utopiya va eyforiyaga berilmay bayon qildi. Bu çorak asrli ötmişga yangiça qaraş böldi. Nutq nafaqat oliyjanob ideallarga murojaat etdi, balki mamlakat liderining istiqbolga nisbatan strategik qaraşlariga asoslangan aniq bayonoti böldi. Bugungi kunga qadar hamma qabul qilgan statistik raqamlar qayta körib çiqildi va ularga yangiça yondoşuv qabul qilindi.