Toşkent şahar prokuraturasi organlari tomonidan pora oliş va beriş bilan boğliq jinoyatlarni sodir etganlik böyiça 29 mansabdor şaxsga nisbatan jinoiy işlar qözğatilgan. Ular böyiça tergov amaliyotlari tugatilgan va jazo tayinlaş uçun sudlarga yuborilgan. Bu haqda Toşkent şahar prokuraturasi rasmiy vakili KUN.UZ muxbiri savoliga javob berar ekan, quyidagi ma'lumotlarni taqdim etdi.
“29 mansabdor şaxsga nisbatan ÖzR Jinoyat kodeksining 210-211-212 moddalari, ya'ni pora oliş, pora beriş, pora oliş yoki berişda vositaçilik qiliş böyiça jinoiy işlar qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilgan. Ularda tegişli ayblov xulosalari berilgan va jazo tayinlaş uçun sudlarga yuborilgan va jazo muqarrarligi tayinlangan.
Endi mansabdor şaxslarning kimligiga doir savol tuğiladi. Ular orasida içki işlar organlari, sud-ijro departamenti, soliq idoralari, notarius-adliya organlari, örta ta'lim muassasalari, kommunal xizmat körsatiş idoralari xodimlari bor”, - dedi Bobir Dehqonov.
Uning qayd etişiça, yuqoridagi holatlarga firibgarlik yöli bilan pora berişga dalolat qiliş böyiça jinoiy işlar kiritilmagan, balki faqat pora beriş va olişga doir işlar böyiça ma'lumotlar taqdim etilmoqda.












