AQŞdagi musulmonlar Donald Tramp prezidentga aylanganidan beri Qöşma Ştatlarda islomofobiya jiddiy kuçayganiga töqnaş kelişmoqda. Bu haqda The Independent Islom-Amerika munosabatlari böyiça kengaş rahbari Ibrohim Xuperning bayonotiga tayangan holda xabar berdi.
Uning sözlariga köra, islomofobiyaning hozirgi darajasi 2001 yilning 11 sentabr kungi teraktlardan söng mamlakatda kuzatilgan holatdan ança yuqoridir.
Xuperning sözlariga qaraganda, odamlar kişilar gavjum bölgan yerlarda islom diniga e'tiqod qilişlarini aytişdan qörqişmoqda.
«Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2017 yil musulmonlarga qarşi yönaltirilgan hodisalarning soni böyiça eng yomon yilga aylanadi», - deya aytib ötdi u.












