100 dan ortiq qozoğistonlik internet orqali hibsga olindi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz Ostona prokuraturasi matbuot xizmatiga tayangan holda.
Mahkamadan xabar qilişlariça, ayni damda, Boş prokuraturaning faol kömagi yordamida huquqni muhofaza qiliş faoliyatini raqamlaştiriş işlari olib borilmoqda. Şu sababdan, mamlakat Boş prokuraturasi topşiriğiga binoan Huquqiy statistika va maxsus hisobga oliş qömitasi tomonidan elektron jinoiy iş moduli işlab çiqildi. Joriy yilning 11 avgust kuni Qozoğiston boş prokurori, Oliy sud va Davlat xizmati hamda korrupsiyaga qarşi kuraşiş işlari böyiça agentlik raisi, moliya va içki işlar vaziri tomonidan “Ye-jinoiy iş sinov loyihasini tatbiq etiş va idoralararo işçi guruhini taşkil etiş töğrisida”gi qöşma buyruq imzolandi.
25 avgustdan Ostonaning Olmaota tumani IIBda “Ye-JI” sinov loyihasi işga tuşdi. "Ötgan vaqt davomida elektron jinoiy iş böyiça sudga 192 ta iş va 208 ta sanksiya yuborildi. Bularning bari elektron şaklda amalga oşirildi. “Ye-JI” loyihasi doirasida “Onlayn” video konferentsaloqa yordamida qamoqqa oliş töğrisida sanksiya beriş imkoniyati yaratildi. Sanktsiya beriş jarayoni qölga olingan şaxslarni sudga olib kelmasdan amalga oşirilmoqda. Qamoqqa oliş töğrisidagi 100 dan ortiq sanksiya video konferentsaloqa yordamida berildi", - deya ta'kidlab ötişgan matbuot xizmatidan.
Xabar qilinişiça, 2018 yilning 1 yanvaridan mamlakatda elektron şaklda jinoiy iş yuritişni joriy etiş möljallanmoqda.












