Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 29 dekabr kuni milliy kino san'ati va kinoindustriyani rivojlantiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etiş masalalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.
“Bugun sizlar bilan gaplaşişdan közlangan eng katta maqsad – “Özbekkino” milliy agentligi va uning tizimida hamma rahbarlar yangi böldi. Agar odamlar, xalqimizdan adolatli sörasak, hozirgi kinolarning saviyasi bizning ongimizga, ma'naviyatimizga, ma'rifatimizga qanday ta'sir körsatmoqda, degan savolga javob yöq. Şuni bilib bilmaslikka olib yuraverdik, bor narsamizni yöq qildik. Ijodiy ahlimizga ahamiyat bermay, ularni özimizdan uzoqlaştirdik. Ular öz ustida mutlaqo işlamadi, şaroit yaratilmadi, rivojlanmadik, desak bu haqiqat. Mana, 2017 yil tugamoqda. Vaqtimiz juda ziq bölsa ham kelgusi yilni muhokama qiliş kerak. Yangi rahbariyat tasavvur qiladimi nima qiliş kerakligini, yana nima yetmaydi, nimalarga biz e'tibor berişimiz kerak? Tarbiya ahamiyatga ega bölgan kinolarimiz, şoh asarlarimiz bor. Xöş, öşalarni ham bir paytlar bizga öxşagan odamlar yaratgan-ku?!
Mana, bizning qarorimiz bilan katta-katta imkoniyat oçildi sizlarga. Lekin, sizlarning eng katta zaif joylaring bitta narsa – kadr yöq. Ma'naviy yönalişlarimiz iqtisodiy yönalişlardan ön qadam oldinda yurişi kerak. Ana şunda biz hozirda qilayotgan katta-katta rejalarimiz, dasturlarimiz amalga oşadi. Agarda biz şunça şaroit yaratildi, deb yuraversak, kadrlar tayyorlaşni çetga qöyib qöysak, uç-tört yildan keyin ham şunday ahvol böladi. Kino sohasi, “Özbekkino”ning rivojlanişi ustuvor yönalişlarimizdan biri. Yoşlarimizni tarbiya qiliş nuqtai nazardan eng katta narsa – odamlarimiz bir paytlari “Ötgan kunlar” yordamida ğurur, iftixor, ma'naviyat ozuqa olgan. Bugungi “Ötgan kunlar”, bugungi qahramonlar qani, degan masala meni juda qiynaydi”, - dedi prezident.












