Goldman Sachs Group Inc. moliya muassasasining yilning törtinçi çorakdagi daromadi 5 mlrd dollarni taşkil etadi. Şu bilan Goldman Sachs soliq islohotining korporativ daromad olişga bir tomonlama ta'siriga doir tafsilotlarni e'lon qilgan birinçi bank böldi.
Prezident Donald Tramp taşabbusi bilan 25 dekabr kuni kuçga kirgan soliq islohoti qisqa muddatda oğriqli keçişi, biroq dunyo böylab biznes yuritadigan Goldman kabi korporatsiyalariga uzoq muddatli istiqbolda daromad keltirişi taxmin qilinar edi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
Citigroup va JPMorgan Chase & Co kabi yirik kompaniyalar kelgusi yillarda xorijdagi 2,8 trln dollardan ortiq mablağ AQŞga qaytişini taxmin qilgan edi. Ularga bir martalik soliq solinişi Amerika federal daromadini 339 mlrd dollarga oşirişi kerak.
Bu çoralar xalqaro korporatsiyalarga birmunça qiyinçiliklar yaratadi, ammo ular belgilangan soliqni 8 yil mobaynida tölaş imkoniga ega bölişadi.












