Saudiya Arabistonining Turkiyadagi elçixonasi öz bayonotida turk OAVda çop etilgan, qirollikning Qatarda davlat töntaruvini taşkillaştirgani ta'kidlangan materiallarni qoralab çiqdi va bu ayblovlarni rad etdi.  

Saudiya Arabistonining tvitterdagi sahifasida joylaştirilgan bayonotda aytilişiça, 25 dekabrda Gerçek Hayat turk jurnalida “Turkiya Qatardagi töntaruvning oldini oldi” deb nomlangan maqola çop etilgan. Maqolada Saudiya Arabistoni Qatarda davlat töntaruvi taşkillaştirgani ta'kidlangan. Bu maqolani Yenişafak va Daily Sabah turk gazetalari ham çop etgan.

“Biz bu maqolada berilgan balandparvoz ta'kidlarni rad etamiz va qirollik Qatar bilan iyunda munosabatlarni uzganini tasdiqlaymiz. Qirollik bu ma'lumotlar heç qanday asosga ega bölmagan yolğon gaplar ekanini ta'kidlaydi”, deyilgan xabarda.

Saudiya Arabistoni elçixonasi OAVni aniqlikka rioya qiliş va ma'lumotlarning haqqoniyligini tekşirişga çaqirgan va özining bunday bayonotlarga qonuniy çoralar köriş huquqiga egaligini ta'kidlab ötgan. 

Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr 5 iyunda Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgandi. Qatar mudofaa vaziri Holid al-Attiyya mamlakat atrofida yuzaga kelgan inqirozni qöşni davlatlar tomondan davlat töntaruviga uriniş deb atagandi.