Ilyosjon Salomov (ism-familiyalar özgartirilgan) Özbekiston tumanidagi mudofaaga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» öquv sport-texnika klubi rahbari lavozimida işlab, öziga yaraşa obro‘-e'tibor qozongan edi. Halollik bobida yoşlarga ibrat körsatiş örniga özganing haqiga çang solgani, ellik beş yoşida misqollab yiqqan obrösini yelga sovurganidan afsus-nadomat çekayapti. Klub boş hisobçisi Gavharxon Isomiddinova, xodimlar bölimi boşliği Ziyodaxon Ahrorovalar ham ayblariga iqror, qilmişlaridan astoydil puşaymon bölişdi, deb yozmoqda «Huquq» gazetasi.
Ular özaro jinoiy til biriktirib, klubda tahsil olgan öquvçilarning naqd tölov pullarini bank kassasiga topşirmay, taşkilotning hisob raqamiga kirim qilmasdan, şaxsiy ehtiyojlariga sarflaşavergan ekan. Şu taxlitda guruh a'zolari 2013 yilning mart oyidan 2016 yilning noyabrigaça salkam 61 mln söm tölov pullarini özlaştirişgan.
Ular bu bilan qanoatlanmasdan, işçi-xodimlarning iş haqi vedomostlariga soxta yozuvlar kiritib, qalbaki hujjatlarni bank muassasasiga taqdim etişadi va ortiqça iş haqlarini özlarining plastik kartalariga tuşirib olişaveradi. Uçovlon 2015 yilning sentabr oyidan 2016 yilning noyabr oyiga qadar 69 mln 611 ming söm iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlarni noqonuniy ravişda qölga kiritib, öz ehtiyojlarini qondirişadi.
Klub rahbari, xodimlar bölimi boşliği va boş hisobçi özganing juda köp miqdordagi, jami 130 mln 600 ming söm pul mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilişgani tergov jarayonida hujjatli dalillar bilan tasdiqlandi.
Sud I.Salomov, Z.Ahrorova va G.Isomiddinovaning qilmişiga yaraşa jazo tayinlab, hukm çiqardi.











