«Mançester Yunayted» Angliya Premer-ligasining 21-turi doirasida «Sauthempton»ga qarşi öynadi. Mançesterdagi «Old Trafford» stadionida keçgan uçraşuvda muxlislar gol körişmadi - 0:0.
«Qizil iblislar» bu natijadan keyin 44 oçko bilan uçinçi örinda qolmoqda. Bu turda «Stok Siti»ni 5:0 hisobida yenggan «Çelsi» oçkolari sonini 45taga yetkazgan holda Joze Mourino jamoasini quvib ötdi. «Avliyolar» jamoasi 20 oçko bilan 13-poğonada joylaşgan.
Keyingi turni «MYu» 1 yanvar kuni «Everton»ga qarşi safarda ötkazadi, «Sauthempton» 2 yanvar kuni «Kristal Pelas»ni qabul qiladi.
Angliya çempionati
21-tur
Mançester Yunayted – Sauthempton 0:0 (0:0, 0:0)
Mançester Yunayted – De Xea, Yang, Lindelef, Jons, Şou, Pogba, Matiç, Mata, Lingard, Mxitaryan (Marsiyal, 65), Lukaku (Reşford, 14).
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Yosida, Xudt, Makkuin, Romeu, Xeyberg, Uord-Prouz, Tadiç (Lemina, 82), Bufal (Redmond, 85), Long (Gabbyadini, 80).
Ogohlantirişlar: Heyberg (26), Hudt (44), Bufal (58), Lingard (60), Matiç (72), Uord-Prouz (80).













