2018 yilgi mavsum reglamentida Superliga va Pro-liga klublaridan olinadigan mablağlar aniq körsatib ötilgan.

Jumladan, 2018 yilning 1 fevraliga qadar Superliga klublari PFLga 500 000 000 (beş yuz million söm), Pro-liga jamoalari esa 40 000 000 (qirq million söm) badal puli tölaşlari kerak.

Uşbu mablağlar birinçi navbatda musobaqalarni ötkaziş, sport inventarlari va zaruriy texnik vositalarni xarid qiliş, klublarning turli yoşdagi jamoalari örtasida Respublika birinçiliklarini ötkaziş, ilmiy-metodik qöllanmalar naşr etiş, çempionat uçraşuvlarida işlaydigan hakamlar, nazoratçilar, komissarlar maoşlarini tölaşga sarflanadi, deb xabar beradi PFL sayti.

Badal pullari miqdorini belgilaşda yangi mavsumda jamoalar soni qisqargani, uçraşuvlar soni esa köpaygani ham inobatga olingan.