AQŞ prezidenti Donald Tramp Erondagi norozilik namoyişlariga munosabat bildira turib, uşbu mamlakat hukumatini terrorizmni qöllab-quvvatlaşda aybladi.

«Eronda keng kölamli yirik namoyişlar bölib ötmoqda. Nihoyat eronliklar vaziyatga donolik bilan munosabatda bölişmoqda, ular pullari va boyliklarini tortib olib, terrorizm uçun sarflaşayotganini anglab yetişdi. Körinişidan, ularning sabri çidamadi», — deya yozgan Tramp Twitter sahifasida.

Amerikaliklar yetakçisining sözlariga köra, Vaşington «inson huquqlari buzilişi» bilan boğliq holatlarni diqqat bilan kuzatib boradi.

Juma kuni Maşhadda 200 kişi iştirok etgan norozilik aksiyasi bölib ötgan edi. Ular Erondagi iqtisodiy holatdan norozilik bildirib, hukumatga qarşi şiorlarni baralla aytişgan. Politsiya Maşhaddagi oldindan kelişilmagan mitinglarda qatnaşgan va davlat mulkiga ziyon yetkazgan 52 kişini hibsga olgan.

Bundan avvalroq OAVda Eronning iqtisodiy siyosatiga qarşi namoyişlar mamlakatning boşqa yirik şaharlarida ham avj ola boşlagani haqida xabar qilingandi.

Qayd etiş kerakki, Tramp Eron hukumatini bungaça ham köp marta terrorizmni qöllaşda ayblagan.