Suriya rahbariyati Vaşingtonning Erondagi norozilik namoyişlari bilan boğliq vaziyat böyiça pozitsiyasini qat'iy qoralaydi hamda uni mintaqadagi holatni beqarorlaştirişga yönaltirilgan, deb hisoblaydi. Bu haqda Suriya Arab Respublikasi TIV bayonotida aytiladi.

Avvalroq, duşanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Twitter’da norozilik namoyişlari girdobida qolgan Eron uçun özgarişlar vaqti kelganini ma'lum qilgandi.

"Suriya AQŞ ma'muriyati va uning nazorati ostida bölgan tuzilmalarning Eronda röy berayotgan hodisalar böyiça pozitsiyasini qat'iy qoralaydi. Mamlakat rahbariyatining fikriça, bunday pozitsiya vayronakor kuçga ega hamda mintaqadagi vaziyatni beqarorlaştirişga qaratilgan", - deyiladi bayonotda.

Şuningdek, taşqi siyosiy idora bayonotida aytilişiça, "Suriya Eronni töla qöllab-quvvatlaydi hamda Eron suverenitetini hurmat qiliş va uning içki işlariga aralaşmaslik lozimligini eslatadi".

"Suriyaning işonçi komilki, Eron hukumat, rahbariyat va xalq bilan birga röy berayotgan hodisaga yakun yasaşga muvaffaq böladi", - deya xabar qilinadi hujjatda.

Eronning yirik şaharlari – Tehron, Maşhad, Isfaxon va Reştda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, namoyişlar davlatdagi içki muammolar tufayli, şuningdek boşqa mamlakatlar fitnasi bilan ötkazilmoqda. Eron OAV ma'lumotlariga köra, norozilik namoyişlari vaqtida 10 kişi halok böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Eronning Milliy xavfsizlik böyiça oliy kengaşi kotibi Ali Şamxoniy mamlakatdagi norozilik aksiyalari Tehron bilan qator davlatlar olib borayotgan “bevosita uruş” doirasida bölib ötayotgani haqida ma'lum qilgandi.