Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy mamlakatdagi norozilik namoyişlariga izoh berib, «duşmanlar» Eron xalqiga zarar yetkaziş uçun «pul va qurol»ni qöllagan holda, istalgan imkoniyatdan foydalanişga harakat qilayotganini ma'lum qildi. Bu haqda mahalliy Mehr agentligi xabar berdi.
Eronning yirik şaharlari – Tehron, Maşhad, Isfaxon va Reştda 28 dekabrdan ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniyning ma'lum qilişiça, namoyişlar davlatdagi içki muammolar tufayli, şuningdek boşqa mamlakatlar fitnasi bilan ötkazilmoqda. OAV ma'lumotlariga köra, norozilik namoyişlari vaqtida kamida 20 kişi halok böldi. Tehronda sönggi uç kun içida taxminan 450 kişi qölga olindi.
Agentlikning xabar qilişiça, Xomanaiy «duşmanlar barça vositalar, jumladan pul va qurol bilan ham birlaşib, davlat hokimiyatiga zarar yetkazişgan harakat qilişmoqda».
Eslatib ötamiz, avvalroq Eronning Milliy xavfsizlik böyiça oliy kengaşi kotibi Ali Şamxoniy mamlakatdagi norozilik aksiyalari Tehron bilan qator davlatlar olib borayotgan «bevosita uruş» doirasida bölib ötayotgani haqida ma'lum qilgandi. Şamxoniy duşanba kuni çiqiş qilib, Erondagi norozilik namoyişlari ortida AQŞ, Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni turganini ta'kidlab ötdi.












