«PSJ» hujumçisi Neymar 2017 yil yakuniga köra, «Oltin samba» mukofotini oldi.
25 yoşli hujumçi uçinçi marta (2014, 2015, 2017) nufuzli sovrinni qölga kiritib, vatandoşi va «Pari Sen-Jyermen» klubidagi jamoadoşi Tiago Silva (2011-2013) bilan tenglaşib oldi.
Ma'lumki, bu mukofot Yevropada töp suradigan eng yaxşi braziliyalik futbolçiga topşiriladi. Ğolib jurnalistlar, muxlislar va sobiq futbolçilar tomonidan aniqlanadi.
Bu yilgi sörovnoma natijalari quyidagiça böldi: Neymar (27,71%), Filippe Koutino («Liverpul», 16,64%), Marselo («Real», 14,43%), Paulino («Barselona», 13,64%) va Kazemiro («Real», 7,19%).
Ta'kidlaş joizki, muxlislar orasidagi sörovnomada Paulino (31,83%), sobiq futbolçilar sörovnomasida Neymar (39,39%), jurnalistlar orasidagi sörovnomada Marselo (30,30%) ğolib böldi.












