Nigeriyaning Rivers ştatida noma'lum qurollangan kimsalar çerkovdan qaytayotgan odamlarga hujum qilişi oqibatida 21 kişi halok böldi. Bu haqda Premium Times naşri xabar berdi.

Voqea 1 yanvarda, yarimtundan keyin Omoku aholi punkti yonida sodir bölgan. Politsiya halok bölganlarning aniq sonini ma'lum qilmagan. Mamlakatning dengiz ma'muriyati va xavfsizlik agentligi vakili Dakuku Pitersaydning aytişiça, hujum oqibatida 21 kişi halok bölgan.

Ayni vaqtda heç qaysi bir ekstremistik guruh uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan. Pitersaydning ta'kidlaşiça, voqea turli diniy oqimdagi guruhlar örtasidagi kuraş oqibatida yuz bergan.