Uyğur qişloği Andijon viloyati, Paxtaobod tumanining eng çekka hududlaridan biri. Kuni keça qişloqda “SAMO” brendida mahsulot işlab çiqaruvçi, “BIZNES ERKIN TEX” jamiyati tomonidan bunyod etilgan korxonaning oçiliş marosimi bölib ötdi.

Mazkur işlab çiqariş korxonasining işga tuşişi bilan hududdagi 100 nafar xotin-qiz muqim iş joyi bilan ta'minlandi. Fabrikada turli fasllarga möljallangan  trikotaj liboslari tikiladi.

Korxonaning oçiliş marosimi qişloq ahli uçun tom ma'noda bayramga aylanib ketdi. Oçiq maydonga özbek milliy qadriyatlaridan bölgan dor tikilib, tumandagi “Madamin darboz” truppasi öz çiqişlarini namoyiş qildi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etib, korxonadagi yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon