2020 yil 7 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda maktab direktori öqituvçini piçoqlagani haqida videolavha tarqaldi. Uşbu videolavhada aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB tomonidan atrofliça örganildi. 

Viloyat IIB axborot xizmati xabariga köra, 2020 yil 25 may kuni soat 09:00larda Paxtaobod tumani Çorsu MFYda yaşovçi fuqaro N.Z. özi bilan birga işlab kelayotgan Paxtaobod tumani Çorboğ MFY hududida joylaşgan 25-sonli musiqa maktabida direktor lavozimida işlovçi D.I.ning xizmat xonasiga ukasi J.O. va M.U.lar bilan birga oylik maoşi haqida ma'lumot oliş maqsadida kelib özaro janjallaşib ketişadi. 

Qayd etilişiça, şu vaqtda D.I. xonasida bölgan xöjalik piçoği bilan N.Z.ning yuzi va tanasiga urib, unga iş böyiça ötkazilgan sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra “çap yuzida, kökrak qafasi çap yonida va öng qöli kafti içida kesilgan jarohatlar” kabi soğliqning buzilişiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Hodisa joyini közdan keçiriş davomida bir dona xöjalik piçoği daliliy aşyo tariqasida olingan. Mazkur holat Paxtaobod tumani IIB navbatçilik qismining 1-şakl  kitobidan 25.05.2020 yilda röyxatdan ötgan. 

Töplangan tergovga qadar tekşiruv hujjatlari hamda sud tibbiy ekspertiza xulosasiga asosan 04.06.2020 yilda Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Yuqorida körsatilgan holatda gumon qilinuvçining harakatlarida qotillikka suiqasd qiliş alomatlari bor-yöqligiga tergov harakatlari davomida baho beriladi”, - deyiladi xabarda.