2020 yil 20 aprel kuni soat 12:30da 53 yoşli K.M. Andijon viloyati Paxtaobod tumani Sanoat MFY Ittifoq köçasida qöşnisi, 39 yoşli A.E. bilan yaşaş xonadoni tom qismidan yomğir suvlari tuşayotganligi sababli özaro gap tortişib janjallaşgan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, A.E. ğişt bölagi bilan K.M.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Hodisa sodir bölgan joyni közdan keçiriş davomida bir dona ğişt bölagi aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olinib, K.M.ning tan jarohati darajasini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga köra, K.M.ga “oğir” darajada tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.