Pokiston taşqi işlar vaziri Xavaja Asif AQŞ prezidenti Donald Trampning Pokistonga moliviy yordam berilişi haqidagi sözlari endi heç qanday ahamiyatga ega emasligini, çunki Pokiston hukumati AQŞ bilan hamkorlikni kengaytirişdan voz keçganini aytib ötdi. Bu haqda Geo TV telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq Tramp tvitterda AQŞ Pokistonga moliyaviy yordam körsatib kelgani, biroq Islomobod terrorçilikka qarşi kuraşda yordam bermagani va afğonistonlik jangarilarni öz hududida yaşirgani, biroq “endi bu holat boşqa davom etmasligini” yozgan.
“Biz AQŞga u uçun boşqa heç narsa qilmasligimizni aytdik, şu sababli Trampning sözlari heç qanday ahamiyatga ega emas. Pokiston AQŞdan olgan yordam böyiça batafsil ma'lumot taqdim qilişi mumkin”, deb aytgan vazir.
Uning aytişiça, Tramp AQŞning Afğonistondagi muvaffaqiyatsizliklaridan hafsalasi pir bölib, Pokistonga ayblovlar qöymoqda. Asif AQŞning Afğonistondagi harbiy iştirokiga qarşi çiqib, muammoni faqat tinçlik yöli bilan hal qiliş mumkinligini aytgan.












