Yogurt iste'mol qilayotganingizda, garçi uning yorliğida tabiiy sözi qayd qilingan bölsa-da, qança qand donasi borligini bilasizmi? Aslida barçaga yaxşi taniş va ommabop bölgan mahsulotlar tarkibidagi şakar miqdori kişining jiddiy e'tibor berişiga arziydi. Soğlom va sport iste'moliga qiziquvçi ispaniyalik suratçi Antonio Estrada turli mahsulotlarda neça dona qand borligini suratlarda körsatişga qaror qildi. U öz saytida şunga doir suratlarni joylaştirib bormoqda.
«SinAzucar.org — bu şunday loyihaki, uning maqsadi — biz köp iste'mol qiladigan mahsulotlardagi qand miqdorini körsatişdan iborat. Ğoya oddiy: mahsulot yonida uning tarkibidagi qand miqdori donalarda aks ettiriladi. Şu bilan maşhur brendlar bizga sotayotgan mahsulotlarining tarkibi xususida barça uçun tuşunarli izoh beriladi», — deydi fotoloyiha muallifi.
Suratkaş vazifasi — uşbu öziga xos qöllanmani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari orasida keng tarğib qilişdir. Axir şakar va qandni ortiqça iste'mol qiliş yurak-qon aylaniş tizimi kasalliklariga olib kelişi, semizlik hamda moddalar almaşinuvi, xususan diabet bilan boğliq xastaliklarga sabab bölişi mumkin. Şunday qilib, quyida ayrim mahsulotlar tarkibida qança qand donasi borligini körişingiz mumkin.

0,5 l Koka-kola içimligi.

Mars batonçigi.

Kelloğs Frosties qand sepilgan makkajöxori yormalari.

Marmelad va zefir.





























