«Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Xuan Mata The Guardian talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ma'lumki, ingliz nashri yil davomida misli ko‘rilmagan ishlarni qilgan futbolchini taqdirlaydi.

Foto: The Guardian

29 yoshli ispaniyalik 2017 yil avgust oyida Common Goal jamg‘armasini tashkil qildi va futbol olami vakillarini maoshining 1% miqdorini xayriyaga sarflashga chaqirgan edi. Qisqa vaqt ichida uning chorloviga bir qator futbolchilar va murabbiylar qo‘shildilar.