AQŞ Pokistonga moliyaviy yordam jönatgan, biroq Tehron terrorçilikka qarşi kuraşda yordam bermagan va afğonistonlik jangarilarni yaşirgan, ammo “endi bunday bölmaydi”, deb aytdi AQŞ prezidenti Donald Tramp.
“AQŞ Pokistonga oxirgi 15 yil içida 33 mlrd dollardan köproq yordam ötkazgan, ular esa bizning yetakçilarni ahmoq deb öylab, bizga yolğon va firibgarlik bilan javob qaytarganlar. Ular biz Afğonistonda ov qilayotgan terrorçilarga boşpana bermoqdalar va deyarli heç qanday yordam körsatmayaptilar. Böldi yetar!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
2017 yil oktabrda AQŞ Pokiston razvedka boşqarmasini (ISI) terrorçilik guruhlari bilan aloqadorlikda ayblagan.
2016 yil iyulda Afğoniston razvedkasining sobiq rahbari Rahmatulla Nabil Pokiston hukumati “Tolibon” va “Haqqoniy tarmoği” terrorçilik guruhlari a'zolariga 2014-2015 yillarda yordam berganini isbotlovçi hujjatlarni oşkor qilgandi.












