Volkswagen 2017 yilda yangi işlab çiqariş rekordini örnatdi: kompaniya 6 milliondan köproq maşina işlab çiqardi. Bugungi kunda nemis konserni 14 davlatda joylaşgan 50 dan köproq zavodga ega.
Volkswagen 60 dan köproq model işlab çiqaradi, ulardan eng ommaviylari Jetta, Golf, Passat, Polo va Santana modellari hisoblanadi. Bundan taşqari, kompaniya Arteon fastbegi va T-Roc ixçam krossoveriga talab oşganini qayd qilmoqda.
2017 yilda kompaniya Transform 2025+ strategik rejasi doirasida 10 ta yangi modelni taqdim qildi. Keyingi bir neça yil davomida kompaniya bozorning krossover va elektrokarlar segmentida iştirokini kengaytirmoqçi hamda 2020 yilgaça 19 ta yöltanlamas modelini işlab çiqarmoqçi.
2020 yildan keyin markada yangi arxitektura böyiça quriladigan elektromobillar oilasi paydo böladi. Bu qatorning ilk modellari I.D., I.D. Crozz va I.D. Buzz böladi.












