Yangi bilimlarni tez özlaştiriş boşqalardan ustunlik qiliş imkonini taqdim etadi. Ilm-fanga köra, yangi bilimlarni tezroq örganiş va ularni yodda saqlab qolişning olti usuli bor. FastCompany şu haqidagi maqolasi bilan bölişdi.
Boşqalarga örgating
Özingiz özlaştirayotgan materialni boşqalarga tuşuntirişga harakat qiliş (yoki şunday deb tasavvur qiliş) ma'lumotlarni tezroq yodda saqlaş imkonini beradi, deyiladi Sent-Luisdagi Vaşington universiteti olimlarining tadqiqotida.
Tadqiqot hammualliflaridan biri Jon Nestoyko şunday yozadi: "Öqituvçilar dars berişga tayyorlanayotganida odatda asosiy fikrlarni izlab, ularni öquvçilarga tuşunarli qilib uzatişga harakat qilişadi. Tadqiqotlarimizning körsatişiça, talabalar ham biror material taqdimotiga tayyorgarlik köriş jarayonida samarali öqitişning şunday usulini qöllay boşlaşmoqda".
Bilim olişga qisqa vaqt kesimlarini ajrating
Luiziana universiteti tadqiqotçilari yangi materialni örganişga 30-50 daqiqadan vaqt ajratişni tavsiya qilişmoqda. Bundan qisqa vaqt kamlik qilişi mumkin, köpi esa miyani çarçatib qöyadi, deb hisoblaşmoqda ekspertlar.

Ular şuningdek 5-10 daqiqalik tanaffuslar qilişni ham tavsiya qilişdi, ta'lim mutaxassisi Nil Starr esa, böş vaqt paydo bölişi bilan qisqa ta'lim seanslarini ötkazişni taklif qiladi: masalan, örganilayotgan predmet tavsifi örin olgan kiçik kartoçkalar yasaş va böş vaqt paydo bölişi bilan ularni örganişga kirişiş.
Materialni özlaştiriş vaqtini taqsimlang
Bu ğalati eşitilişi mumkin, biroq biz ta'lim jarayonini taqsimlaganimizda, biroz çözganimizda tezroq özlaştirar ekanmiz. How We Learn kitobi muallifi Benedikt Keri ta'lim jarayonini maysazorni suğorişga qiyoslaydi. "Maysazorni haftasiga bir marta 1,5 soatdan yoki uç marta yarim soatdan suğoriş mumkin. Agar siz bu işni haftasiga uç marta bajarsangiz, maysazor yanada obod böladi", - deb yozadi muallif.



















