Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Toşkent viloyati boş imom-xatibi Xayrulloh Turmatov hamda Pskent tumani imomlari iştirokida “Ösmat Ota” jome masjidining yangi binosiga birinçi ğişt qöyilgan edi.

Özbekiston Musulmonlari idorasi axborot xizmatining xabar berişiça, 2 yanvar kuni 2016 yilda qilingan xayrli duolarning ijobati sababli “Ösmat ota” jome masjidi zamonaviy va körkam holda qayta qurib foydalanişga topşirildi. Masjid binosida namozxonlar uçun barça şaroitlar mujassam etilgan bölib, kelgusida kutubxona, muzey taşkil etiş va avtoturargoh quriş rejalaştirilgan. Masjidda bir vaqtning özida 250-300 kişini siğdira oladi.
 
Muftiy Usmonxon Alimov masjidning oçiliş marosimida iştirok etib, masjid ahlini uşbu quvonçli va tarixiy voqea bilan muborakbod etdi. Mehmonlar va masjid ahli uçun bayramona dasturxon yozildi.

Foto: Özbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: Özbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: Özbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: Özbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: Özbekiston Musulmonlari idorasi
Foto: Özbekiston Musulmonlari idorasi