Çeçenistonning Şali şahrida özbekistonlik arxitektorlar loyihasi asosida 20 ming kişilik masjid barpo etilmoqda. Uşbu masjidga mahalliy aholi iltimosi bilan respublika rahbari Ramzan Qodirov nomi berilmoqçi. Yangi masjid qurilişi 2012 yil mart oyida boşlangan. Uning oçilişi 2018 yilga rejalaştirilgan. Masjid loyihasini yaratiş ustida özbekistonlik arxitektorlar iş olib borişgan. 

Masjid baland binolar majmuasi “Şali-Siti” yaqinida joylaşgan. Masjidning 4 tomonida balandligi 63 metr keladigan 4 ta minora joylaşgan, masjid gumbazi balandligi 43 metrni taşkil qiladi. Masjid hududi 12 ta favvora bilan bezaladi. Masjid uslubi va bezalişi böyiça dunyoda analoglarga ega bölmaydi. Uning taşqi va içki qismi grek oq marmari bilan qoplanadi. Masjidning butun hududi 6,5 gektarni taşkil qiladi. 

“Şali-Siti”da 7 ta osmonöpar bino qurilişi 2013 yilda boşlangan. Majmua yarimoy körinişida qurilgan. Markaziy mehmonxona va biznes-markaz binolari balandligi 90 metrdan oşadi. Majmuada, şuningdek, 12, 14, 16-qavatli turar joy binolari va 21-qavatli minora joylaşgan.