Eron Inqilob soqçilari korpusi rahbari Muhammad Ali Ja'fariy mamlakatni keyingi hafta davomida qamrab olgan norozilik namoyişlari yakunlangani haqida ma'lum qildi. Uning sözlari korpus matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

«2017 yilning oxirgi kunlarida boşlangan namoyişlar muvaffaqiyatsizlikka uçradi... Namoyişlarga çiqqanlar soni kamçilikni taşkil etdi. Har bir şaharda örtaça 1,5 ming kişi namoyişga çiqqan. Barça şaharlardagi namoyişçilar soni 15 ming atrofida böldi», degan u.

U şuningdek, uşbu tartibsizliklarda yana bir bor Vaşington, Tel-Aviv va Ar-Riyodni ayblagan.

«AQŞ, Isroil va Saudiya Arabistoni IŞID jangarilariga Eron hududiga kirib, qöporuvçilik harakatlari amalga oşirişga buyruq bergandi», degan Ja'fariy.

U namoyişlar taşkilotçilari sifatida qölga olinganlarga nisbatan qat'iy çoralar körilişini ma'lum qildi.

Uning aytişiça, oyatulloh Ali Xomaneiyga sodiq kuçlar Isfahon, Luriston va Hamadon viloyatlarida namoyişlarni töxtatgan.

28 dekabr kuni keçqurun Maşhadda 200 kişi tuxum narxi keskin kötarilişiga javoban norozilik aksiyasi ötkazgandi. Politsiya ularning 52 nafarini hibsga oldi. Keyingi kunda norozilik namoyişlari boşqa şaharlarga ham tarqaldi.

Eron hukumati namoyişçilar muvofiqlikda harakatlana olmasligini ta'minlaş maqsadida Instagram va Telegramni bloklab qöydi.

OAV ma'lumotiga köra, 6 kun davom etgan tartibsizliklar vaqtida kamida 20 kişi halok böldi, 1000 nafardan ortiq kişi qölga olindi.

Bugun, Eronning bir qança şaharlarida hukumat tarafdorlari tinç namoyişlarga çiqişdi.