AQŞ prezidenti Donald Trampning soç turmagi hozirgi körinişda bölişi — soç köçirib ötkaziş jarayoni natijasidir. Bu haqda jurnalist Maykl Vulf Trampning qizi Ivankaga asoslanib «Olov va ğazab: Trampning Oq uyi» deya nomlangan kitobida yozgan. Uning sözlari The New York Post naşri tomonidan keltirilgan.

«U döstlariga otasining soçi haqida bir neça marta gapirib bergan. Soç köçirib ötkazilgandan keyin boş atrofi jingalak soçlar bilan öraladi. Bu soç tolalari markazni yopiş uçun yuqoriga harakatlantiriladi. Ular tepaga taraladi va gel surtiladi», — deya yozgan Vulf.

«Soçning bunday rangda bölişining ham qiziq tarixi bor. Bunga Just for Men vositasi sababçi: uni soçda qança uzoq vaqt uşlab turilsa, soç kerakli rangga kiradi, ammo Tramp sabrsizlik qilgan va şunday oq-sarğiş rang paydo bölgan», — degan yozuvçi.