«Liverpul»ning misrlik yarim himoyaçisi Muhammad Saloh Afrikaning 2017 yildagi eng yaxşi futbolçisi sifatida tan olindi.
Afrikaning eng yaxşilarini taqdirlaş marosimi Gana poytaxti Akkra şahrida ötkazilgan.
Ğoliblik uçun uşbu 25 yoşli havbekka öz jamoadoşi Sado Mane (Senegal) va Dortmundning «Borussiya» klubi hujumçisi Pera-Emerik Obameyang (Gabon) raqobat qilgandi. Saloh 625 ovoz, Mane 507 ovoz, Obameyang esa 311 ovoz olgan.
Salohgaça misrlik futbolçilardan Maxmud al-Xatiba ham uşbu mukofotga sazovor bölgandi (1983 yilda).
Afrikada yilning eng yaxşi ayol futbolçisi nigeriyalik Asisat Oşoala (qatorasiga uçinçi marta), eng yaxşi yoş futbolçi 19 yoşli zambiyalik Patson Daka (Avstriyaning «Lifering» klubi futbolçisi), eng yaxşi murabbiy esa Misr terma jamoasini 2018 yilgi jahon çempionatiga olib çiqqan Ektor Kuper böldi. U va Saloh yetakçiligida 2017 yilgi Afrika Millatlar Kubogi finaliga çiqqan va Kamerunga 1:2 hisobida yutqazib, kumuş medallar bilan taqdirlangan Misr terma jamoasi yil terma jamoasi böldi.












