AQŞ Pokistonga xavfsizlik sohasida moliyaviy yordam körsatişni töxtatdi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti rasmiy vakili Xezer Nauert ma'lum qildi.   

“Bugun biz xavfsizlik masalalari böyiça moliyaviy yordamni töxtatamiz”, deb aytgan Nauert matbuot anjumanda. 

Uning aytişiça, bu Islomobodning Pokiston içida va u yerdan turib harakat qiluvçi terrorçilik guruhlariga qarşi kuraşdagi yetarliça jonbozlik körsatmaganiga javob hisoblanadi. “Pokiston qat'iyroq harakatlar amalga oşirişi lozim”, deb aytgan Nauert.

U AQŞ avvalroq Pokistonga harbiy yordam sifatida 255 mln dollar ajratilişini töxtatib qöyganini eslatib ötdi. Şu bilan birga Nauertning aytişiça, AQŞ milliy xavfsizligiga javob beruvçi ba'zi holatlarda istisnolar qilinişi mumkin.