AQŞda hayvonot olami uçun noyob hodisa röy berdi. Sent-Luis hayvonot boğida Bingva nomini olgan gepard biryöla sakkiz dona bolaladi. 

Hayvonot boği vakillarining ma'lum qilişlariça, bu - ozodlikda yaşamaydigan gepardlar orasidagi eng yuqori körsatkiç. Ma'lumotlarga köra, bunday şaroitlarda odatda köpi bilan tört gepard dunyoga keladi. 

Bingva bolalari 26 noyabrda dunyo yuzini körgan. Gepardçalar bir neça oy davomida jamoatçilik nigohidan uzoqda va hayvonot boği xodimlarining qat'iy nazorati ostida böladi. 

Foto: Saint Louis Zoo

Bundan avvalgi rekord 2016 yilda Niderlandiyada qayd etilgan edi. Öşanda gepard biryöla olti bolali bölgandi.