Google Play’da Telegram’ning Android uçun norasmiy mijozi Challegram işlab çiqaruvçisi özgardi. Endilikda Google’dan ilovalar uçun dökonda ilova yaratuvçisi Telegram LLC kompaniyasi ekani körsatildi. Avvaliga Challegram’ni Pavel Durovdan Android uçun Telegram mijozi yaratiş böyiça tanlov ğolibi – rossiyalik Vyaçeslav Krilov işlab çiqqandi.

Dasturni Android-smartfonlarda işlatiş mumkin hamda u çaqiriqning kattaroq tezligi va qoronği mavzuning borligi bilan ajralib turadi.

Aftidan, Challegram iOS uçun möljallangan Telegram X ilovasiga öxşab ketadi. U ötgan oyda taqdim etilgandi hamda Swift dasturlaş tilida yozilgan. Android uçun ilova TDLib’da yozilgan va 64 razryadli devayslarga optimallaştirilgan. Şu tariqa işlab çiqaruvçi, Telegram LLC kompaniyasi, tezroq harakatlaniş imkoni va himoyaning yuqoriroq darajasini ta'minlab bermoqçi. Challegram’ni Google Play dökonidan yuklab oliş mumkin.

Foto: Challegram 

Avvalroq Pavel Durov kompaniyasi iOS uçun Telegram X nomi ostida Telegram’ning qöşimça versiyasini çiqargandi. Ilova oşirilgan iş tezligi, kamroq energiya sarfi va rangli mavzularning borligi bilan ajralib turadi.