Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Murodjon Axmadaliyev professional boksga ötdi. Hozirda uşbu boksçi AQŞning Las-Vegas şahrida maşğulotlar olib bormoqda, deb yozadi Sports.uz

– Men kiçik qölqoplar taqişni va dubulğani yeçişga şoşilayotganim yöq. Nokautlar qiroli bölişni istayman. Köpçilik körgan bölsa, men doim raqiblarimga bosim uyuştirişga harakat qilaman. Menda eng kuçlilar safida böliş işonçi bor. Ayniqsa, yarim yengil vazn toifasida mening tanam kuçli körinadi. Qaçonki, raqibimdan ustunligimni körsam, jangni tugatiş uçun bosimni kuçaytiraman, – degan Ahmadaliyev BoxingScene naşriga bergan intervyusida.

Ayni damda Ahmadaliyev Jastin Gamber murabbiyligi ostida şuğullanmoqda. Bu murabbiy örta vazn toifasida yengilmas Kaleb “Sweethands” Plantga (16-0, 11 nokaut) ustozlik qilgani bilan boks olamiga maşhur.

– Ahmadaliyev bilan ötkazilgan qöl jangidan söng men uning qanday kuçga ega ekanligini tuşundim. Bu bola kuçli elektr kuçiga ega, – deydi Jastin Gamber. – Uning havaskorlar boksidagi yaxşigina tajribasidan kelib çiqib, men Ahmadaliyevning yarim yengil vazn toifasiga töğridan töğri ta'sir qilişini his qilyapman.

Eslatib ötamiz, 23 yoşli Murodjon havaskorlar boksida 2015 yil Dohada ötgan Osiyo çempionatida kumuş, 2017 yil Toşkentdagi Osiyo çempionatida oltin medalni qölga kiritgan.