Bugun, 5 yanvar kuni Toşkent viloyatiga taşrifi davomida Şavkat Mirziyoyev Yangiyöl şahrida aholiga körsatilayotgan kommunal xizmat sifati bilan tanişdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, davlat rahbari Yangiyöl şahridagi «Fayzli» mahalla fuqarolar yiğinida böldi.
Şu yerda Yangiyöl şahrinining boş rejasi loyihasi, şahardagi köp qavatli uy-joylarni ta'mirlaş dasturi hamda xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari faoliyatini zamonaviy texnologiyalar asosida takomillaştiriş töğrisida ma'lumot berildi.
Yangiyöl şahrida 86 ming 800 aholi istiqomat qiladi. 241ta köp qavatli uylar bölib, ularga xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatlari xizmat körsatadi.
Prezidentga taqdim qilingan loyihalarda şaharda oqava suv tarmoqlarini rekonstruksiya qiliş va yangilaş dasturi, Toşkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlarida suv ta'minotini yaxşilaş, Çirçiq şahrining issiqlik tizimini takomillaştiriş kabi ma'lumotlar örin olgan.
Davlat rahbari «Fayzli» mahallasi profilaktika inspektori uyida böldi va aholi bilan muloqot qildi.
Prezident Yangiyöl şahridagi mavjud köp qavatli uylarni töliq ta'mirlaş, 7 qavatli 12ta yangi köp qavatli uy-joy, zamonaviy boğ, bozor, supermarket, köprik quriş böyiça mutassaddilarga topşiriq berdi.
Prezidentning Toşkent viloyatiga taşrifi davom etmoqda.












