Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Özbekkino” Milliy agentligi faoliyatini taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilingani haqida xabar berilgandi.

Hujjat bilan “Özbekkino” Milliy agentligi, “Özbekfilm” aksiyadorlik jamiyati, “Özbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” mas'uliyati çeklangan jamiyatning agentlik huzurida “Multiplikatsion filmlar studiyasi” Davlat unitar korxonasini taşkil etiş haqidagi taklifi ma'qullandi.

Şuningdek, agentlik tizimiga kiruvçi “Özbekiston Respublikasi ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi” mas'uliyati çeklangan jamiyati “Hujjatli filmlar kinostudiyasi” Davlat unitar korxonasiga aylantiriladi. 

“Yoşlar tajriba-ijodiy 5-studiyasi” Davlat korxonasi esa “Yoşlar ijodiy tajriba studiyasi” Davlat unitar korxonasi sifatida qayta nomlanadi.