Xitoyning 90Fun kompaniyasi egasining oğir sumkasini mustaqil ravişda taşişga qodir Puppy 1 "aqlli" çemodanini namoyiş etdi. Çemodan aniq ma'lumot va yönalişlarsiz egasining izidan ergaşadi.
Yangi qurilmaning rasmiy taqdimoti Las-Vegasda bölib ötişi kutilayotgan CES 2018 körgazmasi doirasida ötkaziladi. Ma'lumotlarga köra, çemodan eslab qolişdan taşqari, egasining buyruqlariga reaksiya bildirişi ham mumkin, ya'ni u kerak paytda harakatlanib, kerak paytda töxtaydi.
Qurilma transport vositalarini işlab çiqaruvçi Segway kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Puppy 1 "aqlli" çemodani 50 kvadrat santimetrga teng bölib, harakatlaniş uçun klassik uşlagiç ham birga sotiladi. Işlanma narxi hozirça ma'lum qilinmagan, rasmiy taqdimot vaqtida kompaniya standart narxlarga doir ma'lumotlar bilan bölişişi kutilmoqda.

















