Yamanda oxirgi oylarda böğma kasalligidan 46 kişi vafot etdi. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Yamanda bu kasallikdan vafot etganlar soni köpligidan taşviş bildirmoqda. Bu haqda 5 yanvarda taşkilotning vakili Tarik Yazareviç ma'lum qildi.

“Yamanda böğma tarqalmoqda: 4 oydan kamroq vaqt içida 471 kişida bu kasallik aniqlangan, 46 ta holat ölim bilan yakunlangan. Ölim darajasi deyarli 10 foizni taşkil qilmoqda va bu juda xavotirlidir”, deb aytgan Yazareviç.

Uning ta'kidlaşiça, böğmadan kasallanganlik holatlari köproq Ibb va Al-Xudaydo viloyatlarida qayd qilingan. Ayniqsa Ibb viloyatidagi vaziyat taşvişlantirmoqda: bu yerda 231 kişi böğmaga çalingan va 13 kişi undan vafot etgan. “Böğma 18 ta viloyatda tarqalgan”, deb aytgan JSST vakili. JSST vaziyatni baholaş uçun Yamanda öz mutaxassislari guruhini joylaştirgan va bu kasallikka qarşi kuraşda Yaman soğliqni saqlaş idoralari bilan hamkorlik qilmoqda.

Böğma kasalligi Corynebacterium diphtheriae bakteriyasi bilan çaqiriluvçi yuqumli kasallik bölib, uning alomatlari sekin-asta yuzaga çiqadi: avval tomoq oğriydi va harorat kötariladi, söngra nafas yöllari yopilib qoladi. Kasallik aloqa qilganda yoki havo-tomçi yöli bilan yuqadi. Bu kasallikning oldini oliş uçun emlaş ötkaziş lozim. 

Bir neça yildan beri fuqarolik uruşi girdobida qolgan Yaman aholisi orasida avvalroq vabo epidemiyasi tarqalgandi.