Mamlakatning avtomobil yöllarida harakatlaniş erkinligini çeklayotgan, savdo-iqtisodiy munosabatlar hamda içki va taşqi turizm rivojiga salbiy ta'sir körsatayotgan muntazam yöl-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyatini tugatiş hamda sonini qisqartiriş yuzasidan olib borilgan tahlillar asosida yana 12 ta muntazam yöl-patrul xizmati maskanlari va blok postlarning faoliyati tugatildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabar berdi.

Özbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boş boşqarmasi ma'lumotiga köra, şu kunga qadar avtomobil yöllarida joylaşgan jami 66 ta, şundan 23 tasi muntazam yöl-patrul xizmati maskanlari, 19 tasi blok postlar va 24 tasi tösiq postlari olib taşlandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq IIV şu kunga qadar neçta YPX posti faoliyati tugatilganini ma'lum qilgandi.