Ötgan yilning oktabrida xuddi şu işni angliyalik futbol eksperti, sobiq hujumçi Gari Lineker qilgandi. "Menimça, Benzemaga haddan ortiq yuqori baho berib yuborilgan" - degandi u - ""Real"dek kuçli jamoa safida har ikki öyinda bir gol uriş u qadar katta iş emas. E'tirof etiş mumkin, ammo qarsak çalişga arzimaydi". Linekerning bu sözlari Benzema haqidagi futbol olamidagi, ayniqsa, jurnalistlar va muxlislar orasidagi umumiy fikrlardan u qadar farq qilmasa-da, katta rezonans berdi. Çunki Benzemaning atrofidagi futbolçilar va juda köp mutaxassislar Linekerdan butunlay özgaça fikrlarni aytib keladilar. 
"U çempionatdagi eng yaxşi hujumçi va dunyodagi eng yaxşilardan biri" - degandi Kriştianu Ronaldu. Benzemaning yana bir jamoadoşi Marseloning fikrini öqib köring: "Bizning himoyamiz Benzemadan boşlanadi, u biz himoyaçilarning işini osonlaştiradi. Raqib futbolçilari jarima maydoni yaqiniga kelganda, ularda hujum qilişga kuç ham qolmagan böladi"
"U heç qaçon Kriştianu kabi bir yilda 60 gol urmaydi. Ammo uning jamoadoşlari bilan birga öyini va jamoaga kerakli yönalişda harakatlanişi ajoyib" - bu Zidanning gapi. Xolislik uçun, fransiyalik murabbiyning hali Benzemaga ustoz bölmasidan oldingi fikri olindi. 

Pako Ayyestaran heç qaçon Benzema bilan birga işlamagan, u ham fransiyalik hujumçining ustunliklarini osonlik bilan payqadi. 
"Real" doim Benzema maydonda ekanida yaxşiroq öynaydi. U töpni juda yaxşi uşlab tura oladi, hujumdagi har uçala zonada ham qaçon va qanday oçilişni zör his qiladi. U töpning u jamoadan bunisiga ötiş jarayonida benazir, şuningdek, maydonning har bir qismida son böyiça ustunlik yarata oladi" - deb Benzemaning öyinidan zavq olişini yaşirmayda Pako. 
Benzemaning saviyasidagi bahslar şunçaki Linekerning aqlli ispanlar bilan qarama qarşiligi emas, bu yanada kattaroq, futbolga bölgan ikki xil - muxlisona va professional qaraşlar örtasidagi ziddiyatdir. Benzemaning tanqidçilarga qöyidagi javobi masalani köproq oydinlaştiradi. 
"Hammasi sizning futbolni qanday tomoşa qilişingizga boğliq" - degandi u, - "men uçun futbol faqat gollardan iborat emas. Hujumçi jamoaviy öyinda iştirok etişi, jamoadoşlari uçun oçiq zonalar vujudga keltirişi, uzatmalar amalga oşirişi ham kerak. Bilaman, meni doim urişim kerak bölganidan kamroq gol urişda ayblaşadi - töğri, menga gol uriş yoqadi, bunga intilaman, ammo birinçi navbatda jamoaga keltiradigan foydam haqida qayğuraman. Eng muhimi şu. Zamonaviy hujumçi jamoasiga gollardan köra köproq narsani bera olişi lozim"