Venetoda yaşovçi Almerina Maskarello bionik qöl protezi örnatilgan birinçi italiyalik ayol böldi. ANSA agentligi şu haqida xabar berdi. 

Ayol 1993 yilning iyul oyida qölidan ayrilgandi, öşanda u fabrikda işlaydigan kezlar edi, kutilmaganda uning qöli press ostida qolib ketdi. 

Bionik protez Silvestro Miser rahbarligi ostidagi xalqaro olimlar jamoasi bionik protezni işlab çiqardi. Iyun oyida neyrojarroh Paolo Mariya Rossini va uning hamkasblari operatsiya davomida Almiraga bionik qölni implantatsiya qilişdi. Öşandan buyon olti oy ötdi, şunday ekan, tajribani muvaffaqiyatli yakunlangan deb hisoblaş mumkin. 

Mazkur protez daniyalik Dennis Sorensenga implantatsiya qilingan modelning yaxşilangan versiyasi hisoblanadi. Bionik qöl harakatlanişi uçun zarur qurilma sumkaga siğadi, maxsus datçiklar esa haqiqiy qölning taktil imkoniyatlarini imitatsiya qiladi va predmetlar sathining yumşoq yo qattiqligini farqlay oladi.