Internetda Şveytsariyada kuçli şamol sababli poyezdning relslardan çiqib ketib, ağdarilib ketgani videosi tarqaldi.
Voqea 3 yanvarda Lenk şahri yonida, Bern kantonida yuz bergan. Videoda kuçli şamol tufayli yölovçi poyezdining birinçi vagoni ağdarilib ketganini köriş mumkin. Poyezd ağdarilgaç, yana bir neça metrga surib ketilgan. Voqea oqibatida 8 kişi jarohat olgan.
Öşa kuni Şveytsariyaga “Burglind” qişki böroni yopirilgan. Şamol tezligi 200 km/soatgaça yetgan. Yomon ob-havo şaroiti tufayli mamlakatning ba'zi hududlarida avtomobil va temir yöl aloqasi töxtab qolgan, bir neça önlab aviareyslar bekor qilingan va boşqa sanaga köçirilgan. Deyarli 100 ming xonadon elektr ta'minotisiz qolib ketgan.












