2018 yilning 1 yanvaridan boşlab Özbekistondagi aeroportlar, jumladan, Samarqand xalqaro aeroportida bojxona hududiga kirib keliş va çiqişda «yaşil» va «qizil» yölaklar tizimi joriy qilindi.

Bu tizim Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 oktabrda e'lon qilingan «Özbekiston Respublikasi bojxona çegaralari orqali ötkaziş punktlarida ikki yölakli tizimni qöllaş tartibi töğrisidagi Nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori asosida yölga qöyildi.

Uşbu yölaklar fuqarolarni bojxona rasmiylaştiruvidan ötkaziş şaroitlarining jahon standartlariga mosligini ta'minlaş, bojxona rasmiyatçiligini soddalaştiriş, nazoratning samarali usullarini qöllaş va turizmni rivojlantiriş uçun qulay şaroitlarni yaratiş maqsadida taşkil etilgan.

— «Yaşil yölak»ning qulay tomoni şundaki, yölovçilar uşbu yölakdan heç qanday yozma deklaratsiyasiz, olib kiriş yoki olib çiqiş taqiqlanmagan tovarlar bilan ötib ketaveradi, — deydi Samarqand xalqaro aeroporti çegara bojxona posti rahbari Akbarjon Meliboyev. — Qiymati va yoki miqdori bojsiz olib kiriş normasidan va aksiz soliği solinmaydigan tovarlarni olib kiriş normasidan oşmaydigan mahsulotlar egalari ham şu yölakdan ötadi. Yozma deklaratsiyalaş talab etmaydigan hamda olib kiriş va olib çiqişga ruxsat etilgan Özbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi hamda xorijiy valyutasining çeklangan normalari miqdoridagi mablağlari bor fuqarolar ham şu yölakdan ötadi. Sodda qilib aytganda, yoningizda qiymati 2 ming AQŞ dollarigaça bölgan miqdorda xorijiy valyutangiz bölganda yozma deklaratsiyasiz ötasiz. «Qizil yölak»da esa aksinça, belgilangan miqdordan köp valyuta bilan, yozma deklaratsiyalanişi lozim bölgan yuk egalari ötadi.

Joriy etilgan uşbu yölakning ilk yölovçilari 2 yanvar kuni «Moskva (Vnukovo) — Samarqand» va «Samarqand — Moskva (Vnukovo)» aviareysi yölovçilari böldi.

 

Anvar Mustafoqulov,

jurnalist