LG Display kompaniyasi bukma ekranli qurilmani patentdan ötkazdi. Gizchina şu haqidagi xabar bilan bölişdi. Kompaniya yangi iPhone uçun texnologiyani röyxatdan ötkazgan bölişi mumkin.

Bundan avval LĞning LG Display şö'ba korxonasi Apple'dan taxlama-smartfon uçun buklanuvçi AMOLED-displeyga buyurtma olgani haqida aytilgan edi. "Olma" kompaniyasi Samsunğning moslaşuvçan ekranli Galaxy X smartfoniga "javob" tayyorlamoqda. Koreyaliklar smartfoni çizmalari ham avval tarmoqda paydo bölgandi. 

Patentda qurilma qanday brend ostida çiqişi körsatilmagan. Ta'kidlaş joizki, LG Display savdo markasi ostida faqat ekranlar işlab çiqariladi. Patent 2017 yilning 21 martida röyxatdan ötkazilgan, biroq 2018 yilning 5 yanvariga kelibgina taqdim etilgan. 

Çizmalarda körsatilişiça, devays özaro törtta şarnir bilan boğlangan ikki qismdan iborat böladi. Old tomonning buklanadigan joyida ekran böladi. Qurilma oçiq holatida planşetni yodga soladi.