11:27 / 06.01.2018
7012

Ummon terma jamoasi Fors ko‘rfazi kubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Arab News

Kuvaytda arab dunyosining eng nufuzli turnirlaridan biri - Fors ko‘rfazi kubogi yakuniga yetdi.

Musobaqa finalida Ummon va BAA terma jamoalari kuch sinashdi.

O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. BAA terma jamoasi 90-daqiqada g‘alabani ilib ketishi mumkin edi. Biroq, Umar Abdurahmon hakam tomonidan belgilangan penaltini aniq amalga oshirolmadi. Qo‘shimcha vaqtlarda ham hisob ochilmagach, muxlislar penaltilar seriyasi guvohi bo‘lishdi.

Unda ummonliklar 5:4 hisobida g‘alaba qozondilar. BAA yarimhimoyachisi Umar Abdurahmon yana bir marta penaltini aniq amalga oshirolmay, jamoasiga pand berdi.

Natijada, Ummon o‘z tarixida ikkinchi marta Fors ko‘rfazi kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Fors ko‘rfazi kubogi - 2017
Final, 5 yanvar
Ummon - BAA - 0:0 pen. 5:4
Amalga oshirilmagan penalti:
 Umar Abdurahmon (90, BAA)

Mavzuga oid
Top