AQŞ maxsus xizmatlari Şimoliy Koreyaning raketa-yadroviy dasturini rivojlantirişdagi imkoniyatlarini yetarliça baholamaganlarini tan oldilar. Bu haqda xavfsizlik xizmatlari va hukumatdagi manbalarga iqtibos keltirgan holda The New York Times naşri xabar bermoqda.  

Razvedka xizmatlari Donald Trampga prezidentligining boşida Şimoliy Koreyada AQŞ hududiga yeta oladigan raketani yaratiş jarayoni 4 yilgaça vaqt olişini va bu ularga bu jarayonni sekinlaştiriş yoki umuman barbod qiliş uçun yetarliça vaqt berişini ma'lum qilişgan.  

Biroq yarim yil ötib Şimoliy Koreya Yaponiyaning Xirosima şahriga taşlangan bombadan 15 marta kuçliroq bölgan vodorod bombasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazgan. Naşrning ta'kidlaşiça, Pxenyan, şuningdek, raketalari AQŞning Guam oroliga, söngra mamlakatning ğarbiy sohillariga yetib bora olişini namoyiş qildi.    

Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ razvedkasining Pxenyanning yutuqlarini oldindan töğri aytib bera olmagani Şimoliy Koreyaga bunday qurolni yaratiş uçun boşqa davlatlarga sovuq uruşi davrida ketgan vaqt ketadi, deb öylaşi bilan boğlangan. Maxsus xizmatlar Şimoliy Koreya xorijiy işlanmalardan foydalana olişi mumkinligini hisobga olişmagan va u tomondan 2016 va 2017 yillarda köplab raketa sinovlari ötkazilganiga yetarliça e'tibor berişmagan. AQŞ ma'muriyati va maxsus xizmatlarining amaldagi va sobiq xodimlari bu holatni “Amerikaning eng yirik xatosi” deb ataşmoqda. 

Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Gerbert Makmasterning aytişiça, Tramp maxsus xizmatlarning bu xatosidan taşvişlanmayapti va “imkoniyatlar va istaklar borasida mukammal razvedkaning iloji yöqligini tuşunmoqda”. Naşrning ta'kidlaşiça, amaldagi prezident oldida undan avvalgi prezidentlar ham duç kelgan muammo turibdi, biroq unda bu muammoni hal qiliş uçun vaqt ança ziqroq.