Apple’ning ikki investori - Jana Partners va Teachers' Retirement System kompaniyasi texnologik gigantni bolalarning iPhone’ga qaramligini qanday qilib yöq qiliş mumkinligi ustida boş qotirişga çaqirdi. Ular oçiq xatda şunday murojaat bilan çiqişgan, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Şuningdek, investorlarning fikriça ekspertlik kengaşini taşkil etiş lozim, u yerga bolalar rivoji böyiça mutaxassislar kirişi kerak. Bundan taşqari, kompaniyalar Apple’ni tadqiqotçilar bilan ma'lumotni bölişişga çaqirişgan.

Kompaniyaning yana bir taşabbusi smartfonga ota-onalar uçun köproq optsiyalar tatbiq etişni nazarda tutadi, ular bolalar soğligini nazorat qilişga imkon beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Apple korporatsiyasi protsessorlardagi sezilarli kamçilik iMac va iPhone’ning barça modellarida uçraşini tan olgandi.